Toshkent viloyatidagi uydan jasad topildi
Jamiyat
−
10 dekabr 2019
11746Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi fuqaro Sh.S.ning uyidan 1987 yilda tug‘ilgan T.G‘.ning jasadi topildi. Jasad topilgan paytda tananing bosh va yuz qismlarida jarohatlar bo‘lgan. Bu haqda “Postda” nashri xabar berdi.
Ichki ishlar organlari tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Yangiyo‘l tumani “Epkendi” mahallasida ro‘yxatda turuvchi, hozirda yashash va ishlash joyining tayini bo‘lmagan, 1960 yilda tug‘ilgan fuqaro Q.S. rashk tufayli sodir etgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni prokuratura olib bormoqda.
Avvalroq, Termizda 11-sinf o‘quvchisi mast holda o‘zidan katta yigitni pichoqlagani xabar qilingandi.