Chinozdagi “Neftebazada” chiqqan yong‘inni o‘chirishga salkam 7 soat ketdi
3-sahifa
−
26 noyabr 2020
7370Avvalroq, bugun soat 11:30 larda Toshkent viloyati Chinoz tumanida joylashgan “Paxta neft saqlash” MCHJ omborxonasi hududidagi 5000 m.kub sig‘imli yoqilg‘i rezervuarida yong‘in kelib chiqqani haqida xabar bergan edik.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur yong‘in yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, unda tahminan 120 tonna yengil alangalanuvchi suyuq yoqilg‘i bo‘lgan. Mazkur holatni bartaraf etish uchun voqea joyiga FVVning 35 ta maxsus texnikasi hamda 130 nafar xodimlari jalb etilgan.
Yong‘in soat 14:19 da o‘rab olinib, 18:15 to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar, Energetika vazirligi rahbariyati, shuningdek, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi hamda Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch va vositalari jalb etilgan. Ayni vaqtda, voqeaning kelib chiqish sababi bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi