Chinozdagi mudhish YTH ishtirokchisi ichki ishlar xodimi bo‘lgan – Manba
3-sahifa
−
14 Sentabr 2020
10639Kecha, 13 sentyabr kuni Toshkent viloyatida Nexia-3 va Lacetti ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 4 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. YTH ishtirokchisi bo‘lgan Nexia-3 avtomobilining haydovchisi Ichki ishlar organlari xodimi bo‘lgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, u Olmazor tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatining Chinoz tumanida sodir bo‘lgan ushbu YTHda 4 kishi, jumladan Nexia-3 haydovchisi bo‘lgan ichki ishlar xodimi ham vafot etgan.
YTH Chinoz tumani, “Ko‘tarma” MFY hududidan o‘tgan M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 858-kilometrida sodir bo‘lgan. Nexia-3 haydovchisiؘ – 1986 yilda tug‘ilgan T.S. rul boshqaruvini yo‘qotadi va yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqdan yo‘lni qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketadi. So‘ng qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1981 yilda tug‘ilgan, F.N. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobil bilan to‘qnashadi.
Natijada, Nexia-3 rusumli avtomobil haydovchisi 34 yoshli T.S., Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi 39 yoshli F.N. hamda ushbu avtomobil yo‘lovchilari 40 yoshli E.X. va 25-30 yoshlardagi ayol (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etadi.
Shuningdek, Lacetti rusumli avtomobil yo‘lovchilari 29 yoshli K.B. va 44 yoshli Yu.H. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.