Chinozda Lacetti va Cobalt to‘qnashdi. YTHda bir kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 29 iyul kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumanida ikkita yengil avtomobilning to‘qnashishi natijasida bir odam halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

YTH soat 09:20 larda Chinoz tumani, “Chinmasjid” MFY hududidan o‘tgan M-39 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 866-kilometrida yuz bergan. Haydovchi 1989 yilda tug‘ilgan Sh.R. Lacetti rusumli transport vositasida “Toshkent-Termiz” yo‘nalishida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Buning oqibatida qarama-qarshi bo‘lakka o‘tib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1977 yilda tug‘ilgan G‘.A. boshqaruvidagi Cobalt rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada,“Lacetti rusumli transport vositasi yo‘lovchisi 1981 yilda tug‘ilgan O.R. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Ushbu avtomashina haydovchisi 31 yoshli Sh.R. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Chinoz

Baholaganlar

140

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing