Chinozda narkotik ishlab chiqariluvchi “maxsus laboratoriya” aniqlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Chinoz tumanida joylashgan giyohvandlik vositalari, xususan, kannabis va marixuana yetishtirish uchun tashkil qilingan “maxsus laboratoriya” faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 sentyabr kuni “Bunyodkor” MFYda yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan T.Sh.ning xonadoni “Qora dori-2021” doirasida ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv davomida xonadonning 4 kv M o‘lchamli xonasi maxsus jihozlanganligi va u yerda 20 dona yelim gul tuvaklar ichiga tuproq o‘g‘it aralash solingan holda giyohvandlik vositasi yetishtirayotganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, fuqaro T.Sh.ning xonadonidan, kannabis giyohvandlik o‘simligi, barglari, to‘pgullari va 1 litrli hajmli shisha banka ichida giyohvandlik vositasi, gugurt qutilarida kannabis giyohvandlik o‘simligining maydalangan barglari, giyohvandlik vositasini iste’mol qilish uchun qo‘lbola usulda yasalgan maxsus idishlar va o‘simliklarni yashnatuvchi mineral o‘g‘itlar, yaltiroq qog‘ozlar, elektron tarozilar hamda maxsus yelim idishlar daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.

O‘tkazilgan sudga oid kimyoviy ekspertizaga ko‘ra, fuqaro xonadonida jami 791 gr kannabis, 735 gr marixuana mavjud bo‘lgan.

Holat yuzasidan Chinoz tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro T.Sh. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi, 1-qismi va 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

197

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing