Chimkent-Toshkent do‘stlik velomarafonining g‘oliblari aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun Qozog‘istonda “O‘zbekiston yili” dasturi doirasida Chimkent-Toshkent shaharlari orasida velomarafon o‘tkazildi. Chimkent shahrining hokimiyati oldidan start olgan poyga Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi oldida yakun topdi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

130 kilometrli masofaga o‘tkazilgan mazkur velopoygada nafaqat O‘zbekiston va Qozog‘iston, balki boshqa mamlakat vakillari ham ishtirok etishdi. O‘tkazilgan murosasiz bellashuvda qozog‘istonlik Aleksey Sedorenko marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi.

Chimkent – Toshkent velomarafoni, 130 km.
1-o‘rin: Aleksey Sedorenko (Qozog‘iston)
2-o‘rin: Metyu Rayt (Angliya)
3-o‘rin: Shohruh Yunusov (O‘zbekiston)

Shuningdek, taqdirlash marosimida musobaqada ishtirok etgan eng yoshi katta sportchilarga ham esdalik sovg‘alari topshirildi. Unda ayollar orasida Svetlana Isayeva (50 yosh) va erkaklardan Xursand Sherov (61 yosh) o‘zlari uchun atalgan maxsus sovg‘ani qabul qilib olishdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qozog'iston

Baholaganlar

9

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing