Chimboyda 2 ta maktab binosini ta’mirlashda 452,5 mln so‘m talon-toroj qilindi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida 2 ta umumiy o‘rta ta’lim maktab binolarini ta’mirlashdagi talon-torojliklar fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chimboy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktab binolarini joriy ta’mirlashda “R” va “N.” MCHJlar tomonidan amalda bajarilmagan qurilish ishlarini hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritilib, ish hajmini qo‘shib yozish orqali 36-maktab bo‘yicha 290,9 mln so‘m va 44-maktab bo‘yicha 161,6 mln so‘m byudjet mablag‘lari o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlangan. Tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan esa ushbu jamiyatlar hisob raqamiga pullar to‘liq o‘tkazib berilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing