Chilonzordagi xonadonga o‘t ketdi. Yong‘inni o‘chirishga 6 ta mashina keldi
3-sahifa
−
23 dekabr 2021
6159Bugun, 23 dekabr kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yong‘in soat 16:37 da Chilonzor tumani “Xonto‘pi” MFY Diydor 5-tor ko‘chasida joylashgan xonadonda yuz bergan.
Xabarga ko‘ra, soat 16:39 da 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 17:22 da qurshab olinigan va soat 17:33 da bartaraf etilgan.
Oqibatda xonadonning taxminan 250-300 kv.m. maydonda tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan. Jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
“Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishni so‘rab qoladi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi