Chilonzordagi kafeda yirik yong‘in yuz berdi
3-sahifa
−
27 fevral 2021
8715Bugun, 27 fevral kuni Toshkentning Chilonzor tumanidagi kafeda yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Soat 03:51da Chilonzor tumani, “Sharq” MFY, Guliston ko‘chasi 9A-uy manzilida joylashgan “Shovotlandiya-1” MCHJ kafesida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilib, birinchi bo‘linmalar chaqiruv manziliga soat 03:54 da yetib borgan. Soat 04:11 da yong‘in qurshab olinib, soat 04:37 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida kafening tom qismi hamda ichki jihozlari 150 kv.m. maydoni yonib jiddiy zararlangan. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar mavjud.
Voqea joyiga Toshkent shahar FVB, IIBB rahbariyati, prokuratura, Sog‘liqni saqlash va kommunal xizmatlar mutaxassislari, IIB tezkor-tergov guruhi hamda tegishli xizmatlarning kuch va vositalari jalb etilgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Voqea yuzasidan vakolatli organlar tomonidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
LiveBarchasi