Chilonzordagi daraxtlarga zarar yetgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkentning Chilonzor ko‘chasini rekonstruksiya qilish jarayonida daraxtlarga zarar yetkazilgani yuzasidan tekshiruv boshlangani haqida xabar bergan edik.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinovga ko‘ra, mutaxassislar tomonidan Chilonzor shoh ko‘chasidagi qurilish hududida mavjud bo‘lgan 108 ta daraxt ahvoli o‘rganilgan.

O‘rganishda 7 dona eman daraxtining tomir qismi ochilishi oqibatida shikast yetkazilgani hamda daraxtlar xavf ostida qolgani aniqlangan.

Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, ushbu holatda zudlik bilan choralar ko‘rilmagan taqdirda shikast yetkazilgan daraxtlar qurishi oqibatida tabiat va atrof muhitga 348,9 mln so‘m zarar yetishi mumkin.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

91

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing