Chilonzorda transformatorlardan biri yonib ketdi
3-sahifa
−
15 iyul 1885 1 daqiqa
Kecha, 14 iyul kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan transformatorlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 21:35 da Chilonzor tumanidagi Chilonzor-6 mavzesida joylashgan transformatorlardan birida yong‘in yuz bergan. Yong‘in haqida kelib tushgan xabardan so‘ng, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 21:43 da yetib borgan.
Yong‘in soat 21:47 da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida transformator yonib zararlangan.
Hozirda tuman elektr tarmoqlari mutaxassislari tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olmazor tumanidagi podstansiya ichida yong‘in sodir bo‘lgan edi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28