Chilonzorda mebel sexi yondi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 27 fevral kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumani, "Bekto‘pi" MFY Diydor ko‘chasida joylashgan mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 00:13 da yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan. 

Yong‘in qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 00:17 da   yetib borib, yong‘in 01:29 da o‘rab olingan. Soat 05:52 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘inni bartaraf etishga 18 ta asosiy, 2 ta maxsus yong‘in-qutqaruv ekipaji va 5 ta suv tashuvchi yordamchi avtomobillar jalb etilgan.

Yong‘in-qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida 5 nafar ishchi yong‘indan qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida xalok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 9 fevral kuni Toshkentdagi “Poytaxt” biznes markazida yong‘in chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in Chilonzor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing