Chilonzorda Isuzu va “VAZ-2106” to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 16 fevral kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizlgi bosh boshqarmasi xabar berdi.

YTH soat 08:10 larda Chilonzor tumani, Do‘mbirobod ko‘chasi “Qurilish mollari” bozori qarshisida yuz berdi. Chilonzor tumanida yashagan M.A. “VAZ-2106” rusumli transport vositasida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib, Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida yashovchi Sh.A. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

To‘qnashuv natijasida “VAZ-2106” rusumli transport vositasi haydovchisi M.A. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.  


Maqola muallifi

Teglar

YTH Chilonzor

Baholaganlar

117

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing