Chilonzorda IIBB xodimi va fuqaro o‘rtasida nima bo‘lgandi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Flavio Briattore” tahallusli foydalanuvchi undan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilgan va hujjat bo‘lmaganligi sababli uni ichki ishlar organlari tayanch punktiga yo‘l olishni talab qilgan profilaktika inspektorining harakatlaridan norozilik bildirgan holda e’lon qoldirdi.

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, profilaktika katta inspektori mayor K. Qoriyev bo‘lib o‘tgan voqeani quyidagicha izohladi.

“Chilonzor tumani G35 massivida joylashgan “Al-Xorazmiy” mahallasining hududini aylanib chiqish davomida, 10-sonli uyning kirish joyi yonida turgan, kirish eshigini ocha olmay, turli kodlarni sinayotgan erkak kishi ushbu harakatlari bilan ichki ishlar organlari xodimida shubha o‘yg‘otgan. Kimning yoniga kelgani haqidagi savolga fuqaro: “xolamnikiga”, “enaganing yoniga” kabi mujmal javob bergan. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish haqidagi iltimosga ham aniq javob bermasdan, xodimga: “o‘ziz kimsiz?”, “hujjatlarni nimaga asoslanib talab qilyapsiz?”, “nimaga men o‘zim bilan pasport olib yurishim kerak?” degan qarama-qarshi savollar bera boshlagan

Shu yo‘l bilan xodimni emotsional muomalaga majbur qilgan 32 yoshli Ruslan Sh. suhbatni o‘zining mobil telefoniga tushira boshlagan.

Shunga qaramasdan, Toshkent shahar IIBB xodim o‘zini namunali tutmaganini va ortiqcha ehtirosga berilganini tan oladi. Hozirga vaqtda xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Ichki ishlar organlari xodimlari – siz kabi insondirlar va siz kabi turli his-tuyg‘ularni boshdan kechirishadi. Ammo ularning faoliyatlarining xususiyati shundaki, ular boshqa kasb egalaridan ko‘proq jinoyat jabrlanuvchilarining, gumonlanuvchilarning, ularning qarindoshlari va yaqinlarining, hamda guvohlarning negativ hissiyotlariga duch kelishadi. Aynan yuqoridagi holatga to‘xtalib o‘tsak. O‘zingizni xodimning o‘rniga qo‘yib ko‘ring: siz ko‘rib qolgan notanish shaxs pod’ezd eshigini ochishga urinayotganidan uning bu yerda yashamasligi ko‘rinib turibdi. Siz qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz? Sizning asosli savollaringizga mensimagan holda savol bilan javob qaytarishsa, nima qilgan bo‘lardingiz?

Huquqiy davlatda fuqarolar va davlat organlari vakillari – munosabatlari hurmatga asoslangan teng sherik, o‘zaro bog‘liq element hisoblanadilar. Bizda esa, afsuski, tez-tez davlat organlari xodimlariga qarshi chiqishning guvohi bo‘lish mumkin. Toshkent shahar IIBB tanqidga tayyor, ammo tanqid xolis va konstruktiv bo‘lishi kerak. “Hammasi yomon bo‘lganligi uchun yomon”, “ilgari ham shunday bo‘lgan... bundan keyin ham shunday bo‘ladi” kabi hujumlarning hech kimga foydasi yo‘q. Bundan hatto muammosini huquqiy maydonda emas, internetga hal qilishga urinayotgan “tanqid” muallifi uchun ham foyda yo‘q”, deyiladi IIBB bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB Chilonzor

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing