Chilonzorda “dom”ning kamerasini sindirgan “shovvozlar” qamaldi (video)
3-sahifa
−
18:53 620 1 daqiqa
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ko‘p qavatli uy yo‘lagiga o‘rnatilgan yuzni tanib oluvchi kuzatuv kamerasini tepib sindirgan uch nafar yigit aniqlandi. Ularning ikki nafari sud qarori bilan 3 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea yarim tunda sodir bo‘lgan. Kamerani sindirgan yigitlarning ikki nafari 2004 va 2005 yillarda tug‘ilgan, uchinchisi esa voyaga yetmagan. Ularning ikki nafari spirtli ichimlik iste’mol qilgan holatda bo‘lgan.
Bildirlishicha, holat yuzasidan profilaktika inspektori tomonidan surishtiruv ishlari olib borilgan. Yigitlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 194-moddasi (ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan.
Sud qarori bilan ikki nafar yigitga uch sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Voyaga yetmagan yigit bo‘yicha esa uni maxsus nazoratga olish masalasini ko‘rib chiqish uchun Toshkent shahar hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaga taqdimnoma kiritilgan.
Kamerani sindirgan yigitlar o‘z qilmishlaridan pushaymon ekanini bildirib, qilgan ishlari uchun kechirim so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda yo‘lning qatnov qismida to‘xtab olib, mushtumzo‘rlik qilgan Gentra avtomobili haydovchisi ushlan gani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi