Chilonzorda 1 mlrdlik psixotrop aniqlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida umumiy narxi 1 mlrd bo‘lgan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, D. ismli shaxs boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtomobilning salon qismidan jami 368 dona oq rangli, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlanib, ikki nafar xolislar ishtirokida hujjatlar rasmiylashtirilgan va dastlabki surishtiruv ishlari olib borilish uchun tuman Ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan.

Hududdagi kuzatuv kameralari o‘rganilib, ushbu kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini “zakladka” usuli bilan turli manzillarga yashirib chiqqan shaxs aniqlangan. Fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilib, yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Aniqlanishicha, uning yotoqxonasidagi divan yonidan qora polietilen paketda yelim idishda oq rangli kukunsimon moddalar, zippaketlar, turli xil rangdagi izolentalar, bir dona elektron tarozi hamda sarg‘ish rangli toshsimon modda borligi aniqlanib, xolis ishtirokida olinib, bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Tezkor tadbir davom ettirlib, Gazel rusumli avtomashinada bo‘lgan shubhali ikki nafar shaxs xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Natijada o‘rindiq tagidan jami 391 dona kuchli ta’sir qiluvchi kapsulalar borligi aniqlangan. Hamda ushbu avtotransport vositasining orqa tomonidagi kichik yuk xonasidan 59 dona yelim idishga solingan noma’lum suyuqlik borligi aniqlangan.

Transport vositasidan aniqlangan barcha ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida rasmiylashtirilib, ekspert kriminalistik markaziga topshirilgan. 

O‘tkazilgan tadbirlar natijasida umumiy narxi 1 mlrd 28 mln 500 ming so‘mga teng bo‘lgan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari rasmiylashtirib olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida pensionerlardan tashkil topgan guruh narkotik moddalarini tarqatgani uchun qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Chilonzor psixotrop

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing