Chilla yondiradimi?
Jamiyat
−
04 iyul
14389O‘zbekiston iqlim o‘zgarish jarayoni eng tez kechayotgan davlatlardan biri. Mamlakatda eng issiq harorat yildan yilga o‘sib boryapti, 2024 yilda yoz eng issiq bo‘lishi kutilayotgan edi. Xo‘sh, bu prognozlar o‘z tasdig‘ini topdimi? QALAMPIR.UZ shu kabi savollarga O‘zgidromet mutaxassisidan javob oldi.
Gidrometeorologik prognozlar axborot-tahlil bo‘limi yetakchi muhandisi Zayseva Irina Borisovna iyul – yoz faslining eng qizg‘in davri bo‘lgani uchun O‘zbekistonda iyul oyida eng yuqori havo haroratlari kuzatilishi haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, odatda iyul oyining o‘rtacha maksimal harorati (yoki iqlimiy me’yor) respublika hududining katta qismida 35-37, janubda va cho‘l hududlarda 38-40 darajani tashkil etadi. Ammo deyarli har yili iyul oyida havo harorati 39-41 gacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 43-45 darajagacha bo‘lgan juda issiq davrlar kuzatiladi, eng issiq yillarda esa bundan ham yuqori bo‘ladi.
“Xabaringiz bor, hozirda butun dunyo bo‘ylab global iqlim o‘zgarishi va global isish sodir bo‘lmoqda va bu yoz fasllarining harorat rejimiga ham ta’sir qiladi. Ya’ni, 2014, 2016 va 2020 yillardan tashqari qolgan barcha yillar eng issiq o‘ntalikka kirdi. Agar geografik jihatdan gapiradigan bo‘lsak, unda, albatta, eng yuqori harorat Qizilqum cho‘lida, Qizilqum markazida va uzoq janubda kuzatiladi. Bu Termiz hududiga to‘g‘ri keladi. Kuzatuvning barcha yillari uchun mutlaq maksimal harorat taxminan 50 daraja. Bu, albatta, juda issiq, lekin bu rekordlar, umuman olganda, uzoq vaqt oldin o‘rnatilgan”, deydi u.
Xo‘sh, bu yil iyul oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda degan savolimizga Zayseva haqiqatdan ham bu yil yoz, odatdagidan ikki-uch daraja issiqroq bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
“Avvalo, iyun oyi tugadi. Haqiqatan ham, bu yil iyun oyi ikki-uch daraja issiqroq edi. Iyul oyida ham o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki-uch daraja issiqroq bo‘lishi kutilmoqda. Aytmoqchimizki, bu qadar yuqori harorat joriy yilning iyun oyida kuzatilmadi. 27-28 iyun kunlari shunday issiq davr bo‘ldiki, havo harorati 40-41, janubda 43 darajagacha ko‘tarildi. Ammo ko‘rib turganingizdek, bu barcha yillar davomida kuzatilgan mutlaq maksimallardan uzoqdir”, deydi u.
To‘liq intervyuni YouTube platformasida ko‘rishingiz mumkin.
LiveBarchasi