Chilida motam e’lon qilindi

Olam

image

Chilining sobiq prezidenti 74 yoshli Sebastyan Pinera vertolyot halokatida vafot etdi. Bu haqda Chili Ichki ishlar vazirligi rahbari Karolina Toa o‘zining X’dagi rasmiy sahifasida  ma’lum qildi. 

Chilining ayni damdagi Prezidenti Gabriel Borich mamlakatda milliy motam e’lon qildi va dafn marosimini davlat miqyosida o‘tkazishni buyurdi.

"Men Chilining ikki marta saylangan prezidenti xotirasiga uch kunlik motam e’lon qildim. Tashqi ishlar vaziri Alberto Van Klaverenni dafn marosimi qo‘mitasiga mas’ul etib tayinladim", deydi davlat rahbari mahalliy nashrlar tomonidan e’lon qilingan murojaatida.

Qayd etilishicha, halokat Lago Ranko kommunasi hududida yuz bergan. Vertolyotni o‘zi boshqarayotgan Pinera kuchli yomg‘ir paytida boshqaruvni yo‘qotgan, oqibatda u Ranko ko‘liga qulagan. Vertolyotda sobiq davlat rahbaridan tashqari yana uch kishi bo‘lgan, ular omon qolgan va qirg‘oqqa chiqib olishga muvaffaq bo‘lgan. Favqulodda xizmatlar Sebastyan Pineraning jasadini suvdan topishgan.

Ma’lumot uchun, konservator Sebastyan Pinera ikki marta, 2010-2014 va 2018-2022 yillarda Chili prezidenti bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 3 fevral kuni Chili Prezidenti Gabriel Borich kamida 99 kishining hayotiga zomin bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari tufayli Valparaiso viloyatida favqulodda holat e’lon qilgandi.

Ulkanbayeva Rayhona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made