Chikagoga tornado yopirildi
Olam
−
13 iyul 2023
4176Kecha, 12 iyul kuni tornadolar va momaqaldiroqlar AQSHning uchinchi yirik shahri Chikagoning katta hududini vayron qildi. Oqibatda shahardagi O’Xara va Miduey aeroportlari vaqtincha barcha havo qatnovini to‘xtatdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Illinoys shtatining shimoli-sharqidagi to‘rtta okrugda kamida sakkizta tornado, shu jumladan Chikago shahri joylashgan Kuk okrugida to‘rtta tornado kuzatilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan fotosuratlardan birida Chikagodan 24 km janubi-g‘arbda joylashgan Makkuk sanoat tumanidapsh bino qulagani aks etgan.
Milliy ob-havo xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Kuk okrugidagi Kauntrisayd shaharchasida daraxtlar ildizi bilan qo‘porilgan va tomlari uchib ketgan, La-Greynjda esa avtomobil oynalari uchib ketgan.
O’Xara va Miduey aeroportlariga barcha tijoriy reyslarning jo‘nashlari to‘xtatilgan va ikki aeroportdan uchadigan reyslar kechiktirilgan. Fligh Aware ma’lumotlariga ko‘ra, O’Xaraga 300 dan ortiq, Midueyga esa 32 ta reys bekor qilingan.
Rasmiylarning bildirishicha, bo‘ronlar o‘tib ketganidan keyin aeroportlarda normal ish jarayoni qayta tiklanadi.
LiveBarchasi