Chet elga yuborishni va’da bergan firibgarlar qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Fuqarolarni AQSH, Kanada va Polshaga yuborish bilan bog‘liq bir nechta firibgarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati Matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki holat Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Unda Oqdaryo tumanida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan shaxs tanishlari orqali Tayloq tumanida istiqomat qiluvchi ikki fuqaroni “O‘zbekiston – Ispaniya – Meksika – AQSH” yo‘nalishida Qo‘shma Shtatlarga yuborishni va’da bergan. Evaziga talab qilgan 44 ming AQSH dollaridan 40 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Shuningdek, Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan shaxs G‘allaorol tumanida istiqomat qiluvchi 1990 yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uni Kanada davlatiga ishga yuborish va viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da bergan. Buning evaziga 15 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 7,5 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Bundan tashqari, Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbari mansabdor tanishlari orqali 3 nafar fuqaroni Polsha davlatiga ishlash uchun yuborish imkoniyati borligini ma’lum qilgan. Evaziga 5100 dollar olgan vaqtida DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Shu jumladan, Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan shaxs Muzrabot tumanida istiqomat qiluvchi 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli viza hujjatlarini rasmiylashtirib, Kanada davlatiga ishga yuborish evaziga 138 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan. Ta’kidlash lozimki, mazkur shaxs muqaddam firibgarlik jinoyati sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsada, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing