Chet elga chiqish uchun “COVID-19”ga chalinmaganlik to‘g‘risida ma’lumotnomani qayerdan olish mumkin?

Jamiyat

image

Koronavirus pandemiyasi sharoitida xalqaro parvozlar tiklanyapti. Ammo yo‘lovchilardan koronavirusga chalinmagani haqida ma’lumotnoma ko‘rsatish talab qilinadi. Bu ma’lumotnoma turli davlatlarda turli muddat oralig‘ida olingan bo‘lishi kerak. Masalan, O‘zbekistonda so‘nggi 72 soat ichida olingan ma’lumotnoma bo‘lishi kerak.

Chet elga chiqish uchun “COVID-19”ga chalinmaganlik to‘g‘risida ma’lumotnomani qayerdan olish mumkin? O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bu savolga javob berdi.

Chet elga chiquvchi shaxslarga polimer zanjirli reaksiya (PZR) usulida tekshirilgan tahlil natijasi manfiy chiqqanini ko‘rsatuvchi ma’lumotnomalar berish jarayonini yanada soddalashtirish maqsadida qator tibbiyot muassasalariga, xususan, xususiy tibbiyot tashkilotlariga Sog‘liqni saqlash vazirligining ko‘rsatma xati asosida, shuningdek, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tegishli buyrug‘i bilan xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan berilayotgan ma’lumotnomalar yagona shaklga keltirilmoqda.

Mazkur ma’lumotnomalardan vaqtinchalik foydalaniladi. Ular chegara nazorat punktlariga to‘lov kvitansiyasi bilan birga taqdim etilgandagina haqiqiy hisoblanadi. Bu choralar ma’lumotnomalarni soxtalashtirishning oldini olishi maqsad qilingan.

Ushbu jarayon bilan parallel ravishda tahlil natijalari bosqichma-bosqich shtrix-kod (QR-kod) orqali o‘qiladigan elektron dasturga o‘tkazib boriladi. Natijalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi Transport vazirligi bilan birgalikda shakllantiriladi.

O‘zbekiston hududidan tashqariga chiqayotgan shaxslarga beriladigan tibbiy ma’lumotnomalarni soxtalashtiralishining oldini olish maqsadida, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tegishli buyrug‘iga asosan  yuqoridagi ma’lumotnoma shakli tasdiqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus PZR

Baholaganlar

140

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing