Chery yilni hayratlanarli rekordlar va eksportning o‘sishi bilan boshlamoqda
Biznes
−
18:00 904 3 daqiqa
2026 yil Chery uchun global maydonda ishonchli g‘alabalar bilan boshlandi. Kompaniya 20 yildan ortiq muddat davomida Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari orasida yetakchi eksportchi maqomini yana bir bor tasdiqladi. Yanvar oyi yakunlariga ko‘ra, brendning jahon bozoridagi sotuvlari 200 mingdan ortiq avtomobilni tashkil etdi, eksport yo‘nalishi esa 48,1 foizga fenomenal darajada o‘sib, 119 605 donani tashkil etdi. Ketma-ket to‘qqizinchi oy Chery’ning xorijga yetkazib berish hajmi oyiga 100 mingdan ortiq avtomobilni tashkil etmoqda, bu esa butun dunyo bo‘ylab brend sifatiga bo‘lgan barqaror yuqori talab va ishonchdan dalolat beradi.
Sotuvlarning jadal o‘sishi fonida Chery barcha strategik muhim mintaqalarda, shu jumladan Yevropaning talabchan bozorida o‘z ishtirokini faollashtirmoqda. 2025 yilda brendning Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi sotuvlari 240 foizga oshdi va faoliyat geografiyasi 15 ta Yevropa davlatiga kengaydi. Chery’ning yuqori sifat standartlari ekspertlar tomonidan ham e’tirof etildi: Britaniyaning nufuzli nashri Carwow yetti o‘rindiqli Tiggo 8 krossoverining gibrid versiyasini “2026 yil avtomobili” deb tan oldi. Ushbu unvonli modelning O‘zbekistonda 2026 yil yanvar oyida ishga tushirilishi ramziy ma’noga ega bo‘lib, mahalliy avtomobil ishqibozlariga ilg‘or jahon texnologiyalaridan bahramand bo‘lish imkonini taqdim etdi.
Chery’ning global strategiyasi faqat sotuvlar bilan kifoyalanmaydi — kompaniya mahalliy iqtisodiyot va ijtimoiy loyihalarni rivojlantirishga faol sarmoya kiritmoqda. Ispaniya loyihasida EV MOTORS bilan hamkorlikda tarixiy EBRO brendi qayta tiklanib, 1000 nafardan ortiq ishchi-xodimlarning ish o‘rinlarini qaytadan tiklash imkonini bergan loyiha bunga yorqin misol bo‘la oladi.
2022 yildan beri O‘zbekiston bozorida taqdim etilayotgan Chery brendi allaqachon chinakam xalqona va oilaviy brendga o‘zgarishga ulgurdi. Bu vaqt ichida 30 000 dan ortiq brend avtomobillari egalaridan iborat katta jamoa shakllantirildi. Kompaniyaning bozordagi asosiy qadriyatlari har bir oila a’zosining xavfsizligi, avtomobillarni mahalliy iqlim sharoitlariga moslashtirish, qulaylik va tejamkorlikni ta’minlaydigan gibrid texnologiyalarni rivojlantirish bo‘lib qolmoqda.
Mahalliylashtirishni chuqurlashtirish O‘zbekiston avtomobil sanoati tarixida muhim bosqich bo‘ladi. Kompaniya o‘z hamkori ADM Jizzakh bilan birgalikda Jizzax viloyatida to‘liq siklli (CKD) zavodni qurish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani amalga oshirmoqda. 2027 yilga mo‘ljallangan ishlab chiqarishning ishga tushirilishi sohaning texnologik rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqadi.
Bugungi kunda Chery’ning katta oilasi butun dunyo bo‘ylab 18,7 milliondan ortiq mijozni qamrab olgan. Kompaniya yangi avlod gibrid texnologiyalariga 2026 yilda rivojlanishning asosiy drayveri sifatida qarab, barqaror va sifatli o‘sishga e’tibor qaratishda davom etmoqda. Shu orqali o‘z mijozlariga, jumladan, O‘zbekistonga ham eng innovatsion va xavfsiz yechimlarni taklif etish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Doimiy aloqa telefoni: +998712765555
Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Instagram | Telegram | Telegram-bot | Facebook | YouTube
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi