Chery Tiggo 7 Pro egalari Navro‘z bayramini nishonladi (fotoreportaj)

Biznes

image

Navro‘z bayrami munosabati bilan Chery Tiggo 7 Pro avtomobillari egalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bir necha o‘nlab odamlar ishtirok etdi.

Mehmonlarni xodulistlar, an’anaviy o‘zbek libosidagi qizlar va masxaraboz kutib oldi. Avvaliga avtomobil egalari mahorat darslarida qatnashib, fotozonada suratga tushdi va qozon atrofida sumalak kavlab, tilak bildirdi.

Chery kompaniyasi jonkuyar, fidoyi, mehnatsevar hamda mehmondo‘st o‘zbek xalqini Navro‘z ayyomi bilan chin qalbdan tabriklaydi. Sharqona Yangi yil – Navro‘zi olamning qadami qutlug‘ va barakali kelsin! Mana shu qutlug‘ kunda siz azizlarni sihat-salomatlik, baxt, omad, oilalaringizdan tinchlik-totuvlik, fayz va baraka arimasin.

Keyin mezbon tadbirning tantanali ochilishini e’lon qildi va mehmonlar milliy ansamblning an’anaviy raqsini, iliq va bayramona muhitga to‘lgan musiqiy guruhning jonli ijrosini tinglab, Chery Tiggo 7 Pro avtomobili egalari uchun viktorinasini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi va albatta, g‘oliblar sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Mehmonlar eng ko‘p kutgan bayramning intiqlik bilan kutilgan voqeasi – sumalak solingan qozonning ochilishi bo‘ldi. Hamma o‘zi bilan bir banka bayram taomini olib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, an’anaviy mazali palov solingan yana bir qozon ochildi. Mehmonlarga osh ulashildi, shundan so‘ng ular akrobatlarning shou dasturini tomosha qilish va musobaqalarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi, shuningdek, ishtirokchilarga brend sovg‘alari taqdim etildi.

Tadbir so‘ngida sahnaga DJ chiqib keldi va mehmonlarga maroqli vaqt o‘tkazish imkoniyatini berdi.

Shu tariqa Chery avtomobil egalari ajoyib vaqt o‘tkazdi, bir-birlari bilan mashinalar haqida suhbat qurishdi. Mehmonlar yuzlarida tabassum va hissiyotlar bilan uylariga qaytdi.

Eslatib o‘tamiz, tadbirni tashkil etishga Chery kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori hisoblangan Roodell kompaniyasi mas’ul bo‘lgan. Ushbu kompaniya bunday uchrashuvlarni muntazam ravishda tashkil etishni rejalashtirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Navro'z Chery Tiggo 7 Pro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing