Chery Tiggo 2 Pro qanday xarid qilinadi: 0% muddatli to‘lov shartlari
Biznes
−
15 aprel 2301 2 daqiqa
Avtomobil xarid qilish – bu hayotdagi eng katta moliyaviy qarorlardan biri bo‘lib, har bir xaridor taxminiy raqamlarni oldindan bilib olishga haqli. Chery "Davr Bank" XATB bilan birgalikda Chery Tiggo 2 Pro xaridi uchun qulay va foizsiz muddatli to‘lov dasturi bo‘yicha to‘liq hisob-kitobni e’lon qilmoqda.
To‘lovni foizsiz muddatli to‘lov shartlari asosida amalga oshiring – boshlang‘ich to‘lov 30% dan boshlab 48 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi.
Muddatli to‘lov – yillik stavkasi 0%. Boshlang‘ich to‘lov esa muddatiga qarab quyidagi variantlarda amalga oshiriladi:
.png)
Barcha muddatli to‘lov variantlaridagi yillik stavka 0% ni tashkil etadi.
Nima uchun muddatli to‘lovni tanlash qulay?
- Ortiqcha to‘lovlarsiz: Avtomobil uchun ustama foizlarsiz, faqat uning asosiy narxini to‘laysiz.
- Moslashuvchanlik: Imkoniyatingizdan kelib chiqib, boshlang‘ich to‘lov miqdori va to‘lov muddatini o‘zingizga moslashtirasiz.
- Universal qoida: Boshlang‘ich to‘lov qiymati qancha yuqori bo‘lsa, oylik to‘lov shuncha kam bo‘ladi va yakuniy shartlar shunchalik darajada qulaylashadi.
Muhim ma’lumot!
Ushbu material faqat axborot berish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ommaviy oferta hisoblanmaydi. Ko‘rsatilgan qiymatlar taxminiy hisoblanadi. Moliyalashtirishning yakuniy shartlari rasmiylashtirish hududi, kredit skoringi natijalari, daromadni tasdiqlash usuli va tanlangan parametrlarni hisobga olgan holda qat’iy ravishda alohida shakllantiriladi. Qiymati qo‘shimcha chegirmalarni hisobga olmagan holda bazaviy narxdan hisoblanadi. Xarid qilinayotgan avtomobilni sug‘urtalash dasturda ishtirok etishning majburiy sharti hisoblanadi.
Dastur "Davr Bank" XATB bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
ADM kompaniyalar guruhi (brendning rasmiy distribyutori) tomonidan taqdim etilgan O‘zbekistondagi Chery avtomobillarining xususiyatlari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishishingiz mumkin.
Doimiy aloqa telefoni: +998712765555
Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Instagram | Telegram | Telegram-bot | Facebook | YouTube
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi