Chery har yilgi global dilerlik konferensiyasini o‘tkazish taraddudida
Biznes
−
14 aprel 2023
5142Xabar qilinishicha, Chery Global dilerlik konferensiyasini 2023 yilning aprel oyida o‘teazmoqchi. Bu o‘z o‘rnida, Chery va uning global hamkorlari o‘rtasidagi uch yil davomidagi shaxsiy muloqotning birinchisi bo‘ladi. Konferensiya, Chery’ning internatsionallashish strategiyasini kuchaytirish, global bozor ehtiyojlarini aniqlash va Chery’ning global hamkorlari bilan kelajakdagi rivojlanish rejalarini muhokama qilish uchun mo‘ljallangan. Bu shuni anglatadiki, Chery o‘zining global bozor strategiyasini yana bir bor jadallashtiradi.
O‘tgan 2022 yil xavflarga ham, imkoniyatlarga ham boy bo‘ldi. Jahon avtomobil bozorida chiplarning yetishmasligi va logistik cheklovlari kabi ko‘plab omillar fonida sotuvlar yillik hisobda 1 foizga pasayishi kuzatilmoqda. Shunga qaramay, Chery fursatdan foydalanib, tendensiyaga zid ravishda o‘sishga erishdi. Uning global mahsulot ishlab chiqarishi va sotuvlari ilk bor million donadan ortishiga erishildi. Aniqrog‘i, u chet el bozorida 450 000 dona mahsulotini sotib, o‘zining eng yuqori rekordini yangiladi va tendensiyaga zid ravishda yillik o‘sishi 68 foizga teng bo‘lgan o‘sishga erisha oldi, bu esa Chery 20 yil davomida yengil avtomobillar eksporti bo‘yicha Xitoy brendlari orasida peshqadamlikni egallab kelayotganidan dalolat beradi.
Jahon bozoriga chiqqan ilk Xitoy avtomobil brendlaridan biri sifatida Chery global raqobatbardoshlikka ega va xorijda keng ko‘lamli ta’sirga ega bo‘lgan jahon darajasidagi korxonani yaratishga intilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, Yevropa, Janubiy Amerika, Yaqin Sharq Markaziy Osiyo (shu jumladan, O‘zbekiston) mintaqalaridan bo‘lgan mingga yaqin Chery'ning dilerlari, Shanxayda bo‘lib o‘tadigan konferensiyada ishtirok etib, Chery’ning yangi energetik mahsulotlari va gibrid platformasini yuqori baholashlari kutilmoqda.
Chery 20 yildan ortiq to‘plangan texnologiyalari orqali energetik inqilobni tezlashtirishga va texnologik innovatsiyalar orqali sanoatni doimiy ravishda modernizatsiya qilishga rag‘batlantirishga intilmoqda. Shu nuqtai nazardan Chery uchun 2023 yilgi global dilerlik konferensiyasi global hamkorlar bilan kelajakdagi rivojlanish rejalarini muhokama qilishda hamda yangi yondashuvni amalga oshirishda o‘z globallashuv strategiyasini yana bir bor jadallashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirga aylanadi.
Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring www.cheryauto.uz
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing
YouTube'da bizni kuzatib boring
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi