Chernogoriyada komendantlik soati joriy etiladi

Olam

image

Chernogoriyada koronavirusga qarshi choralar kuchaytirildi. Shu jumladan, mamlakatda soat 21:00 dan 5:00 gacha komendantlik soati joriy etiladi. Bu haqda Chernogoriya Sog‘liqni saqlash vaziri Kenan Xrapovich ma’lum qilgan. 

"Har birimiz vaziyatni yaxshilashga yordam bera olamiz. Agar sog‘lom bo‘lsangiz, masofani saqlang, qo‘lingizni yuving, niqob taqing. Agar kasal ekanligingizga shubha qilsangiz, o‘zingizni yakkalang", degan Xrapovich. 

Unga ko‘ra, choralar ertaga, 15 noyabrdan kuchga kiradi va ikki hafta davom etadi. 

Do‘konlar va kafelar soat 20:00 gacha ishlaydi. Shaharlararo qatnovlar va to‘rt kishidan ko‘p odamning ko‘rishishi taqiqlanadi.

Shuningdek, ruhoniylar marosimlarni dindorlarning ishtirokisiz o‘tkazadilar.

Ma’lumot uchun, Chernogoriyada koronavirusga chalinganlar 26 ming 109 tani tashkil etmoqda. 16 ming 904 nafar bemor sog‘ayib ketgan. 377 kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

karantin Chernogoriya

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing