Cherkov maktabidan chiqqan bolalar jasadi va noroziliklar. Kanadada namoyishlar avj olmoqda

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq Kanadada hindu bolalariga mo‘ljallangan sobiq cherkov maktab-internati hududida yuzlab qabrlar topilgani haqida xabar berilgandi. Ushbu maktab hududida bolalarning topilgan ommaviy qabrlari atrofidagi janjalllar hali hamon davom etmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Qabrlar topilganidan so‘ng, BMT Kanadada bolalarni ommaviy dafn etish ishini tekshirishni talab qildi. Shuningdek, mamlakat Bosh vaziri eski maktab-internati nazorat qilgan Rim papasini aholidan kechirim so‘rashga chaqirdi. Ushbu maktab hududidan shu kunga qadar 751 nafar bolaning suyak qoldiqlari aniqlangan. 

Qayd etilishicha, mamlakatda yuqoridagi holatlar sabab namoyishlar o‘tkazilmoqda. Namoyishchilar Manitoba hududida joylashgan Qirolicha Yelizaveta II va Qirolicha Viktoriya haykallarini ag‘darib tashlashgan. Namoyishchilar haykallar ostiga “Biz bir paytlar bola edik. Ularni uyga qaytaring” deya qizil qo‘l izlarini qoldirgan.

Ma’lumot o‘rnida, Kanadada 150 mingdan ortiq bola majburan cherkov maktablariga yuborilgan. Ularning aksariyati jismoniy, jinsiy va psixologik zo‘ravonliklarga duch kelgan. 2008 yilda hukumat ushbu tizim uchun rasmiy ravishda kechirim so‘ragan. 2015 yilda e’lon qilingan “Haqiqat va yarashuv” nomli hisobotda bu siyosat “madaniy genotsid” ekani aytilgan. Bugungi kunga kelib bu turdagi maktab-internatlarida 4100 dan ziyod bola o‘qish paytida vafot etgani aniqlandi.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

281

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing