Kanadadagi cherkov maktabidan 750 dan ortiq bolalarning jasadi topildi
Olam
−
25 iyun 2021
18561Kanadadagi hindu bolalariga mo‘ljallangan sobiq cherkov maktab-internati hududida yuzlab qabrlar topildi. Bu haqda payshanba kuni Kovess okrugining mahalliy jamoatchiligi rahbari Kadmus Delorme ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, maktab 1899 yildan 1996 yilgacha faoliyat yuritgan. Shu kungacha maktab hududidan topilgan qabrlardan 751 bolaning suyak qoldiqlari aniqlangan.
Kadmus Delorme virtual matbuot anjumanida “Bu ommaviy qabrlar joyi emas. Bular belgilanmagan qabrlar”, deya ta’kidladi.
Avvalroq, Kamlupsdagi (Britaniya Kolumbiyasi) hindu bolalari uchun mo‘ljallangan sobiq maktab-internati hududida uch yoshli 215 nafar bolaning suyak qoldiqlari topilgani haqida xabar bergan edik.
Ta’kidlanishicha, hindularning bolalari ushbu maktab internatiga borishi shart bo‘lgan. Bunday ta’lim muassasalari yaxshi moliyalashtirilmagan, bolalarga yomon munosabatda bo‘lingan. Maktab o‘quvchilarining ko‘pchiligi yuqumli kasalliklardan, jumladan sildan vafot etgan.
Xususan, Kanadada150 mingdan ortiq bola majburan cherkov maktablariga borishga majbur bo‘lgan. Aksariyati jismoniy, jinsiy va psixologik zo‘ravonliklarga duch kelgan. 2008 yilda hukumat ushbu tizim uchun rasmiy ravishda kechirim so‘ragan. 2015 yilda e’lon qilingan “Haqiqat va yarashuv” nomli hisobotda bu siyosat “madaniy genotsid” ekani aytilgan. Bugungi kunga kelib bu turdagi maktab-internatlarida 4100 dan ziyod bola o‘qish paytida vafot etgani aniqlandi.
Yulduz Abdurashidova
LiveBarchasi