Chempionlik kamarini o‘zimda saqlab qolaman – Isroil Madrimov (video)
Sport
−
20 iyul 2024 12006 1 daqiqa
Vazn toifasidan qat’i nazar (P4P) reytingiga kirish 3 avgust kuni amerikalik Terens Kroufordga qarshi ringga chiqadigan o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimovning asosiy orzularidan biri. Bu haqda Madrimovning o‘zi musobaqa tashkilotchilariga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Hayotim yuz foizga o‘zgarib ketdi. Bundan 6 yil oldin professional boksdagi faoliyatimni boshlagandim va bu onlarni o‘shandan beri kutaman. Orzum va maqsadim dunyoning eng zo‘rlari bilan jang qilish va bu orqali P4P reytingiga kirish. Men yaxshi tayyorgarlik ko‘raman va nasib qilsa, chempionlik kamarimni o‘z qo‘limda saqlab qolaman”, deydi Madrimov.
Ma’lumot uchun, Madrimov-Krouford jangi 3 avgust kuni AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadi. Jangda Madrimovga tegishli WBA kamari hamda birinchi o‘rta vaznda egasiz bo‘lib turgan WBO kamari o‘rtaga qo‘yiladi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28