Chempionlar ligasining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Sport
−
09:42 1359 1 daqiqa
PSJ hamda Gruziya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya Chempionlar ligasining 2025-2026 yilgi mavsumida eng yaxshi futbolchi deb topildi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti ma’lum qildi.
Joriy yilning 30 may kuni Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan final uchrashuvida Fransiyaning PSJ klubi Angliyaning “Arsenal” jamoasini asosiy va qo‘shimcha vaqtda 1:1 hisobidagi durangdan so‘ng penaltilar seriyasida 4:3 hisobida mag‘lub etdi va ketma-ket ikkinchi bor Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Ushbu bahsda Kvaratsxeliya penalti ishlab berdi va uni fransiyalik hujumchi Usmon Dembele aniq zarba bilan golga aylantirdi.
Gruziyalik futbolchi yakunlangan Chempionlar ligasi mavsumida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli Kvaratsxeliya PSJ safida ikki karra Fransiya chempioni, Fransiya kubogi va Superkubogi sohibi, ikki karra Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi. Shuningdek, u UEFA Superkubogi va Qit’alararo kubokni ham bir martadan qo‘lga kiritgan.

Live
Barchasi