Chempionlar ligasi favoritlari e’lon qilindi
Sport
−
13:33 4822 1 daqiqa
Kecha, 18 mart kuni Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi o‘yinlari yakunlandi. Chorak final uchrashuvlari oldidan “Opta” portali turnirda g‘alaba qozonish ehtimoli yuqori bo‘lgan favoritlar ro‘yxatini yangiladi.
“Opta” ma’lumotlariga ko‘ra, reytingda Londonning “Arsenal” klubi 29,95 foiz imkoniyat bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda “Bavariya” 18,02 foiz ehtimol bilan bormoqda, kuchli uchlikni esa “Barselona” 14,74 foiz bilan yakunlamoqda.
To‘liq favoritlar ro‘yxati:
- “Arsenal” – 29,95%
- “Bavariya” – 18,02%
- “Barselona” – 14,74%
- PSJ – 12,15%
- “Real Madrid” – 10,18%
- “Liverpul” – 7,84%
- “Atletiko Madrid” – 4,65%
- “Sporting” – 3,27%
Chorak final uchrashuvlari aprel oyida bo‘lib o‘tadi. Juftliklar quyidagicha:
- “Pari Sen-Jermen” (Fransiya) – “Liverpul” (Angliya);
- “Barselona” (Ispaniya) – “Atletiko Madrid” (Ispaniya);
- “Real Madrid” (Ispaniya) – “Bavariya” (Germaniya);
- “Sporting” (Portugaliya) – “Arsenal” (Angliya).
Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasi chorak final bosqichining dastlabki uchrashuvlari joriy yilning 7-8 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Javob bahslari esa 14-15 aprel kunlariga belgilangan. Bu mavsumga musobaqaning final uchrashuvi 30 may kuni Vengriyadagi “Budapesht Arena” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi