“Chelsi” o‘rtamiyona jamoa maydonida ochko yo‘qotdi

Sport

image

Kecha, 18 yanvar kuni Londonning “Chelsi” klubi Angliya Premer ligasining 23-turidan o‘rin olgan “Brayton”ga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

28-daqiqada “aristokratlar” hisobda oldinga chiqib oldi. Hakim Ziyesh Ngolo Kantening uzatmasidan so‘ng, raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

“Brayton” esa Adam Uebsterning goli bilan javob qaytardi. Himoyachi uchrashuvning 60-daqiqasidayoq gol urib, muvozanatni tikladi.

«Chelsi» 44 ochko bilan APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. «Brayton» 29 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.

“Brayton” 1:1 “Chelsi”

Gollar: Vebster, 60 – Ziyesh, 28

Brayton: Sanches, Kukurelya, Bern, Uebster, Veltman, Uelbek (Trossar 62), Alsate, Makkalister, Gross (Mope 62), Lempti (Marsh 77), Moder

“Chelsi”: Arrisabalaga, Alonso, Ryudiger, Tiago Silva, Aspilikueta, Jorjino (Verner 80), Kante, Maunt, Ziyesh (Kovachich 80), Xadson-Odoi, Lukaku (Haverts 80)

Ushbu natijadan so‘ng, “Chelsi” ochkolari sonini 44 taga yetkazib olgan holda 3-o‘ringa tushib qoldi. Peshqadam “Man Siti” 22 o‘yinda 56 ochko jamg‘argan. “Brayton” hisobida esa 21 bahsdan so‘ng 29 ochko mavjud – 9-o‘rin.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Brayton Ziesh

Baholaganlar

8

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing