“Chelsi” Sarri o‘rniga sobiq o‘yinchisini olib keldi

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi sobiq o‘yinchisi Frenk Lempardni jamoaga qaytardi. Lempard bu safar o‘yinchi emas, bosh murabbiy sifatida qaytdi.

Klub u bilan 3 yillik shartnoma tuzgan. 41 yoshli Lempard jamoani 2018 yil yozidan boshqargan Muaritsio Sarrining o‘rnini egalladi. Italiyalik mutaxassis rahbarligida “aristokratlar” Angliya prem’er ligasida (APL) 3-o‘rinni egalladi va Yevropa Ligasi g‘olibi bo‘ldi.

Sarri joriy yilning 16 iyun kuni “Chelsi”ni tark etib, “Yuventus” bosh murabbiyi bo‘ldi.

O‘tgan mavsumda Lempard “Derbi Kaunti” klubi bilan chempionship play-oofiga chiqdi, biroq yakunda “Aston-Villa” APL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Klubda sobiq xavbek murabbiy sifatida debyut mavsumini o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun, Frenk Lempard 2001-2014 yillarda o‘yinchi sifatida “Chelsi” sharafini himoya qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Frenk Lempard Muaritsio Sarri

Baholaganlar

13

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing