“Chelsi” rahbariyati nimadan afsuslanmoqda?

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxelni iste’foga chiqarganidan afsusda. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klubning yangi xo‘jayinlari Tuxel bilan hamkorlikni davom ettirishni istamagan, ammo ayni damda “Chelsi” uni bekorga ishdan bo‘shatganini tushunib turibdi. Rahbariyat Tuxelni klubda mavsum oxirigacha qoldirish va shundan keyingina unga o‘rinbosar izlash kerak edi, deb hisoblamoqda.

Tuxel ketganidan keyin Grem Potter “Chelsi”ga murabbiy bo‘ldi. U jamoa bilan yetti oy ishladi va salbiy natijalardan so‘ng ishdan bo‘shatildi. “Ko‘klar”ni 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha Frenk Lempard boshqaradi.

Angliya Premer-ligasining 36-turi natijalariga ko‘ra, “Chelsi” 40 ochko bilan turnir jadvalining 11-pog‘onasidan joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

“Chelsi” Grem Potter

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing