“Chelsi” PSJdan futbolchi sotib olmoqchi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi 

Sport

image

PSJning markaziy himoyachisi va sardori Markinos (Markos Aoas Korrea) “Chelsi”ga o‘tishi mumkin bo‘lgan. Bu haqda “L’Equipe” nashri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil yozda “aristokratlar” braziliyalik futbolchi uchun 85 million yevro taklif qilgan. U bilan londonliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxelning o‘zi shaxsan qiziqqan bo‘lsa-da bu amalga oshmagan. Chunki PSJ Markinos sotilmasligini aytib, ushbu taklifni darhol rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, Markos Korrea tez orada parijliklar bilan shartnomasini 2026 yilning yoziga qadar uzaytirishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, braziliyalik futbolchi Liga 1 ning joriy mavsumida 13 ta o‘yinda 3 ta gol urgan. PSJ bilan 6 marta Fransiya chempionati, kubogi va superkubogini qo‘lga kiritgan. Braziliya terma jamoasi tarkibida esa Olimpiya o‘yinlari (2016) va Amerika kubogida (2019) g‘alaba qozongan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi PSJ Markin'os

Baholaganlar

17

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing