“Chelsi” “Lester” himoyachisi bilan shartnoma imzolaydi

Sport

image

Fransiyalik futbolchi Uesli Fofana “Lester” klubidan “Chelsi”ga o‘tadi. Bu haqda jurnalist, insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klublar transferning barcha tafsilotlarini kelishib oldi. Fofana London klubi bilan 2028 yilning iyunigacha shartnoma imzolaydi.

Qayd etilishicha, 21 yoshli himoyachi faqatgina “Chelsi”ga o‘tishni orzu qilgan. Shuning uchun bu transferning amalga oshishi oson kechgan.

“Chelsi” Fofana uchun “Lester”ning hisob raqamiga 75 million funt sterling o‘tkazib berishi kerak. Futbolchining maoshi esa haftasiga 200 ming funt atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda fransiyalik futbolchi “Lester” safida Angliya Premer ligasida 2 ta uchrashuvda maydonga tushdi. “Transfermarkt” portali 21 yoshli futbolchini 40 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Chelsi” Uesli Fofana “Lester”

Baholaganlar

12

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing