“Chelsi” g‘alaba qozonib, antirekord o‘rnatdi
Sport
−
05 aprel
2708Angliya Premer ligasi (APL) 31-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted”ga (4:3) qarshi uchrashuvidan so‘ng, “Chelsi” qatorasiga oltita o‘yinda darvozasidan ikkitadan ko‘p gol o‘tkazib o‘ziga xos antirekord o‘rnatdi. Bu haqda “Opta” nashri ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, “aristokratlar” APL tashkil etilgandan buyon bunday salbiy seriyani ko‘rsatgan ilk jamoaga aylandi. Londonliklar so‘nggi olti uchrashuvning ikkitasida 3:2, bir marta 4:3 va yana bitta o‘yinda 4:2 hisobida g‘alaba qozondi, shuningdek, ikki bor 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Bungacha ana shunday antirekord qayd etgan so‘nggi APL jamoasi ham aynan “Chelsi” hisoblanadi. Jamoa 1989 yil noyabr va dekabr oyida, hali musobaqa APL nomini olmagan vaqtda 6 ta o‘yinda o‘z darvozasidan ikkitadan ko‘p gol o‘tkazib yuborgan.
Ma’lumot uchun, hozirda “Chelsi” chempionat doirasida 29 uchrashuvda 43 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 10 pog‘onada bormoqda. Pochettino shogirdlari so‘nggi olti bahsdan beri mag‘lubiyatga uchramay kelmoqda.
LiveBarchasi