“Chelsi”ga yangi murabbiy tasdiqlandi. U Mourino emas

Sport

image

Tez kunlarda Frenk Lempard "Chelsi" boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi. Bu haqda jurnalist Nikola Skira ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, 40 yoshli sobiq futbolchi londonliklar rahbariyati bilan 2022 yilning yoziga qadar shartnoma tuzgan. Frenk yangi jamoasidagi ilk rasmiy uchrashuvidayoq sovrinli bo‘lishi mumkin. Jamoa avgust oyida Yevropa superkubogida "Liverpul"ga qarshi saf tortadi.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" Mauritsio Sarri murabbiyligida yakuniga yetgan mavsumda Yevropa ligasi g‘olibligini va APLda uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Mourin'o Lempard

Baholaganlar

41

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing