“Chelsi”ga bosh murabbiy tayinlandi
Sport
−
06 yanvar 1941 1 daqiqa
Londonning “Chelsi” jamoasi Liam Rosenorni klub bosh murabbiyi etib tayinladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Mening vazifam — klubning o‘ziga xosligini asrash va har bir o‘yinimizda ushbu qadriyatlarni namoyon etadigan jamoani shakllantirishdir. Bu lavozimga ishonib topshirilganim men uchun katta ahamiyatga ega. Yaratilgan imkoniyat va bildirilgan ishonch uchun barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildiraman. Klub munosib bo‘lgan muvaffaqiyatga erishish uchun bor kuchimni safarbar qilaman”, deydi Rosenor.
41 yoshli mutaxassis Liam Rosenor “aristokratlar” bilan 2032 yil yozigacha shartnoma imzoladi. Murabbiyning so‘nggi ish joyi Fransiyaning “Strasburg” klubi bo‘lib, u avvalroq Angliyaning uchinchi va ikkinchi divizionlaridagi “Derbi” va “Xall” klublarida ishlagan.
“Chelsi”ni bungacha Enso Mareska boshqargan. Uning qo‘l ostida London klubi UEFA Konferensiya ligasi hamda Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘alaba qozongan edi. Ispaniyalik mutaxassis joriy yilning 1 yanvar kuni bosh murabbiylik lavozimidan ozod etgan edi.
Ma’lumot uchun, ayni damda londonliklar APL turnir jadvalida 31 ochko bilan 5-pog‘onada bormoqda.