“Chelsi” futbolchilari Abramovich tufayli klubdan ketishi mumkin
Sport
−
12 mart 2022 10523 1 daqiqa
“Chelsi”ning ba’zi futbolchilari jamoa xo‘jayini Roman Abramovichga qarshi sanksiyalar tufayli London klubini tark etishi mumkin. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.
Futbolchilar “Chelsi”da moliyaviy ahvol yomonlashsa va maoshlar kechiksa, shartnomani bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqada. Ba’zi futbolchilar shartnomani bekor qilish zaruratini muhokama qilish uchun o‘z advokatlari bilan bog‘lanishgan.
Joriy yilning 10 mart kuni Buyuk Britaniya hukumati “Chelsi” egasi, milliarder Roman Abramovichga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Natijada rossiyalik tadbirkorning Britaniyadagi barcha aktivlari muzlatildi.
Ma’lumot o‘rnida, “Chelsi” Angliya Premer ligasining 2021/2022 yilgi mavsumida27 o‘yin o‘tkzaib, 56 ochko to‘plagan va musobaqa jadvalining 3-pog‘onasida bormoqda.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust