“Chelsi” Felishga o‘rinbosar topdi

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi Portugaliyaning “Benfika” klubidan 18 yoshli hujumchi Diyego Moreyrani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda “Record” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yosh futbolchining amaldagi klubi bilan shartnomasi shu yil o‘z nihoyasiga yetadi va u yozda London jamoasiga erkin agent sifatida qo‘shilishi mumkin.

“Chelsi” Moreyrani portugaliyalik hujumchi Joau Felishga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. 

Moreyra Lissabon klubining turli yosh toifadagi jamoalarida to‘p surgan. Hozirda u “Benfika” U-19 jamoasida to‘p tepmoqda. Futbolchi joriy mavsum Portugaliya 2-ligasining 19 ta o‘yinida maydonga tushib, 2 ta gol urdi va xuddi shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.

“Transfermarkt” portali futbolchi qiymatini 2 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Diego Moreyra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing