“Chelsi” APL tarixidagi ikkinchi eng qimmat transferni amalga oshirdi

Sport

image

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Morgan Rojers “Aston Villa”dan “Chelsi”ga o‘tdi. Bu haqda London klubi matbuot xizmati rasman ma’lum qildi.

Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2033 yilning yoziga qadar amal qiladi. Ma’lumotiga ko‘ra, transfer qiymati 117 million funt sterlingni tashkil etgan.

Shu tariqa, Rojers “Chelsi” tarixidagi eng qimmat transferga aylandi. Bu Angliya Premer-ligasi tarixidagi ikkinchi eng yirik transfer hisoblanadi. Birinchi o‘rinni o‘tgan yozda “Nyukasl”dan “Liverpul”ga 125 million funt sterling evaziga ko‘chib o‘tgan shvetsiyalik hujumchi Aleksandr Isak egallab turibdi.

Joriy yil iyul oyi boshida esa “Manchester Siti” Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Elliot Anderson uchun “Nottingem Forest”ga 116 million funt sterling to‘lagan edi. Rojersning “Chelsi”ga o‘tishi ortidan u tarixdagi eng qimmat ingliz futbolchisiga aylandi.

23 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsum Angliya Premer-ligasida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

2026 yilgi Jahon chempionatida Angliya terma jamoasi safida 7 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi hamda jamoasi bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi. Hozirga qadar u milliy terma jamoa safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, “Aston Villa” Angliya Premer-ligasida 4-o‘rinni egallab, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. “Chelsi” esa chempionatni 10-o‘rinda yakunlab, kelasi mavsum Yevropa musobaqalarida ishtirok etish imkoniyatini boy berdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing