“Chelsi” himoyachisi “Real”ga o‘tishni istamoqda 

Sport

image

“Chelsi” himoyachisi Antonio Ryudiger “Real”ga o‘tishi mumkin. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.

Agar 28 yoshli germaniyalik futbolchi London klubini tark etgan taqdirda Madrid futbolchining asosiy varianti bo‘ladi va “Blankos” bilan muzokaralar olib borilmoqda.

“Chelsi” bilan shartnomasi 2022 yil yozda tugaydigan Ryudiger haftasiga 400 ming funt maosh olishni istamoqda. Ammo u “aristokratlar” taklif qilayotganidan (8,5 milion yevro) ko‘proq maosh xohlaydi – 12-15 million yevro.

Shuningdek, “Bavariya” Antonioga kerakli maoshni berishga tayyor emasligi haqidagi ma’lumotlar haligacha tasdiqlanmagan va muzokaralar davom etishi mumkin. Biroq Myunxen klubi birinchi navbatda o‘z himoyachisi Nikolas Zyule bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.

Ma’lumot uchun, “qaymoqranglilar”dan tashqari Ryudigerga “Manchester Yunayted” va PSJ klublari ham qiziqish bildirmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Real Futbol MYu Bavariya Ryudiger

Baholaganlar

11

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing