Chekishni tashlashga ko‘maklashadigan ilova ishlab chiqildi

Bu qiziq

image

Buyuk Britaniyaning Bristol universiteti xodimlari odamlarga chekishni tashlashda yordam beradigan aqlli soatlar ishlab chiqdi. Bu haqda “Interesting Engineering” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, chekishni kuzatish uchun maxsus ishlab chiqilgan aqlli soatlar ilovasi bu odatni tashlamoqchi bo‘lganlarga ko‘maklashishi mumkin. Ilova chekishga oid harakatlarni sezib qolganida zudlik bilan foydalanuvchiga oldini olish haqida xabar yuboradi.

Qayd etilishicha, chekishni tashlamoqchi bo‘lgan 18 ishtirokchi ikki hafta davomida maxsus ilova bilan jihozlangan standart Android aqlli soatlarini taqib yurgan. Ularga yuborilgan xabarlar chekish motivatsiyasini yo‘q qilgan. 

“Shunisi e’tiborga loyiqki, sinov ishtirokchilarining uchdan ikki qismi – 18 tadan 12 nafari aqlli soatlarni foydali vosita deb hisoblagan”,  deyiladi xabarda. 

Shuningdek, tadqiqotchilar bundan ham mukammalroq vosita yaratib, insonlarning chekishga bo‘lgan ishtiyoqini butunlay so‘ndirmoqchi ekanini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Addiction” jurnalida e’lon qilingan tadqiqot inson chekadigan har bir sigareta o‘rtacha umr ko‘rish muddatini taxminan 20 daqiqaga qisqartirishi mumkinligini ko‘rsatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

aqlli soat Chekish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing