“Saxar”ni o‘lchay oladigan “aqlli soat” chiqariladi

Texnologiya

image

Apple kompaniyasi terini teshmasdan qondagi glyukoza darajasini o‘lchash imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqmoqda. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, ishlab chiqaruvchi allaqachon E5 loyihasi bo‘yicha ma’lum yutuqlarga erishgan va endilikda ulardan “aqlli soat” ishlab chiqarishda foydalanish niyatida. Kompaniya “kremniy fotonikasi” texnologiyasi va “optik yutilish spektroskopiyasi” jarayoniga tayanib, glyukoza konsentratsiyasini o‘lchash uchun lazer va sensorlardan, shuningdek, olingan ma’lumotlarni sharhlash uchun maxsus dasturlardan foydalanadi. 

Gadjetga bunday tizimni qo‘shish kompaniya mahsulotlarini butun dunyo bo‘ylab millionlab qandli diabetga chalinganlar uchun muqobil tanlovga aylantiradi. Birgina Amerika Qo‘shma Shtatlarida har o‘n kishining biri qandli diabetdan aziyat chekadi, ammo hozirgacha ular qon namunasini o‘lchashda asosan terini teshadigan asboblardan foydalanishga majbur bo‘lib kelmoqda.

Ma’lumot uchun, ushbu loyiha 2010 yilda marhum Stiv Jobsning tashabbusi bilan boshlangan. Shu davr mobaynida Apple yuzlab odamlarda glyukoza monitoringi texnologiyasini sinovdan o‘tkazgan. Shuningdek, texnogigant loyiha doirasida Tayvanning TSMC kompaniyasi bilan hamkorlik qilgan. Hozirda kompaniya yangi tizimni tasdiqlash uchun AQSH regulyatorlari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

aqlli soat Saxar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar