Baxtiyor Saidov Chexiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisini qabul qildi

Jamiyat

image

Lyubomir Frebort Chexiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bugun 13 noyabr kuni Tashqi ishlar vazirligida Baxtiyor Saidov Chexiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Lyubomir Frebortni qabul qilgan. Uchrashuvda elchi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan. 

Shuningdek, muloqot davomida ikki davlat hamkorligining yangi sur’atlarda rivojlanib borayotgani, yuqori darajadagi muntazam almashinuvlar amalga oshirilayotgani, tovar ayirboshlash hajmi va investitsiyaviy loyihalar soni o‘sayotgani qayd etilgan. 

“O‘zaro hamkorligimizda ko‘p yutuqlarga erishdik, bizni yana yangi marralar kutmoqda. Janob elchiga aloqalarimizni yanada boyitish yo‘lidagi barcha maqsadlariga erishishini tilab qolamiz”, deydi Baxtiyor Saidov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy Ummon sultonligining O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Chexiya Tashqi ishlar vazirligi O'zbekiston elchi Baxtiyor Saidov Lyubomir Frebort

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing