Chexiya va Polshada koronavirusga qarshi emlash boshlandi

Olam

image

Chexiyada koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash boshlandi, birinchi vaksinani mamlakat Bosh vaziri Andrey Babish va 95 yoshli Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Emiliya Rzepikova qabul qildi, deb xabar bermoqda “iDNES.cz”.

“Kecha Yevropa Ittifoqidan kelgan vaksina bizning normal hayotga qaytishimizga umiddir”, dedi Babish.

Vaksinalar partiyasi Pfizer va BioNTech tomonidan birgalikda ishlab chiqarilgan 9750 doza vaksinadan iborat. Ular Praga va Brno shahridagi kasalxonalar o‘rtasida tarqatilgan.

Shuningdek, Polshada ham koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Birinchi vaksina Varshavadagi Polsha Ichki ishlar vazirligining Markaziy klinik kasalxonasida bosh hamshira Alisiya Yakubovska tomonidan qabul qilingan. Polsha Ichki ishlar vazirligi kasalxonasining 370 dan ortiq xodimi bugun vaksinani qabul qilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, emlash Kipr, Italiya, Ruminiya va Litvada ham boshlangan.

Yevropa Dori-darmon Agentligi Yevropa Ittifoqida Amerikaning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinani qo‘llashni ma’qulladi. Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayenning ta’kidlashicha, koronavirusga qarshi emlash 27-29 dekabr kunlari Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlarida boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

36

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing