Chexiya Prezidenti nogironlar aravachasida harakatlanishga qaror qildi 

Olam 2474
image
-

Chexiya Prezidenti Milosh Zeman oyoqlar nevropatiyasi kasalligi sababli nogironlar aravachasida harakatlanishga qaror qildi. Bu haqda u "Blesk" nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.  

"Men nogironlar aravachasida harakatlanishga qaror qildim", degan davlat rahbari. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon nogironlar aravachasidan foydalanishni boshlagan. 

Shu bilan birga, Zeman harakatlanishning ushbu uslubi qulayligini ta’kidlagan. 

Bundan tashqari, Chexiya rahbari Chexoslovakiya tashkil topganining yilligi munosabati bilan oktyabr oyida tantanali marosim o‘tkazish niyatida, u ushbu tadbirda ham nogironlar aravachasida harakatlanmoqchi. 

Marosim koronavirus pandemiyasi sababli o‘tkazilmasligi ham mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida, Zeman 2013 yilda Chexiya Prezidenti etib saylangan. 2018 yilda u ikkinchi besh yillik muddatga qayta saylangandi.

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 82
Reyting: 3
Teglar
t
×