Chexiya osmonidan million dollar sochildi (video)

Olam

image

Mashhur chex boshlovchisi va mamlakatda obro‘li shaxs Kazma Kazmich vertolyotdan deyarli bir million dollar (22 million kron) sochishga qaror qildi. Chexiya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, pul sochiladigan joy Kazmich tomonidan tayyorlangan jumboqni yechganlargagina ma’lum bo‘lgan. Banknotlar tushgan maydonda to‘rt mingga yaqin odam kelishi kutilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda vertolyotga ulangan konteynerdan sochilayotgan pullar va ularni yig‘ib olishga urinayotgan olomon aks etgan video tasvirlar paydo bo‘ldi. Chexiyaning idnes.cz portaliga ko‘ra, video Pragadan 40 kilometr uzoqlikdagi Lisa-nad Labem shahridagi dalada suratga olingan.

"Nymburský deník" gazetasining yozishicha, avgust oyida Chexiya kinoteatrlarida Kazma Kazmich aks ettirilgan "ONEMANSHOW: The Movie" filmi namoyish etilgandan so‘ng, unda g‘ayrioddiy g‘oya paydo bo‘lgan. Namoyishga chipta sotib olgan tomoshabinlar filmga oid topishmoq yozilgan kartalarni olishdi. Raqamlarning to‘g‘ri kombinatsiyasini birinchi bo‘lib jamlagan odam yakunda deyarli bir million dollar – 22 million chex kroni qiymatidagi banknotlarga ega bo‘lishi kerak edi. Biroq belgilangan vaqtda hech kim topishmoqni topa olmagan.

Ertasi kuni ertalab 100 ming chipta sohibiga xabar yuborildi. Bu vertolyotdan pul qayerda sochilishi haqidagi ma’lumot edi. Yuborilgan xabarda kod bo‘lib, uni yechgan odam pul sochiladigan joy haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lardi. Chexiya OAVlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Lisa-nad-Labem shahri osmonida konteyner to‘la vertolyot paydo bo‘lgan paytda, belgilangan joyda to‘rt mingga yaqin odam bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing