“Chegaralarni o‘zgartirishda kuch ishlatishga qarshimiz”. Bayden Xitoy, Rossiya va Eronni Yaqin Sharqdan “quvdi”

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqdagi keskinlikni pasaytirish va mojarolarni yumshatish ustida ishlashda davom etadi. Bu haqda bugun, 16 iyul kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan arab-amerika sammitida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi. 

Bayden mintaqa davlatlari va AQSH havodan kelayotgan tahdidni bartaraf etish maqsadida havo hujumidan mudofaa tizimlarini birlashtirganini ta’kidladi.

“Qo‘shma Shtatlar mintaqaviy xavfsizlikka tahdidlarni jilovlashga urinmaydi. Biz keskinlikni pasaytirish, imkon qadar mojarolarni yumshatish ustida ishlaymiz”, deydi Oq uy rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tanlangan yondashuv allaqachon “o‘z samarasini bermoqda”. Misol tariqasida u Yamandagi vaziyatni keltirdi, bu yerda AQSH, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti sa’y-harakatlari tufayli sulhga erishilgan. Bundan tashqari, Prezident Qo‘shma Shtatlar mintaqadagi “qoidalarga asoslangan tartib”ni saqlaydigan davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlashda davom etishiga ishontirdi. 

“AQSH va ushbu stol atrofidagi davlatlar mazkur tartibning muhim qismidir, chunki biz chegaralarni o‘zgartirish uchun qo‘pol kuch ishlatishga qarshimiz”, deydi Bayden. 

U, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqda qolishini va Xitoy, Rossiya Federatsiyasi yoki Eronni ularning o‘rnini egallashiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi.  

“Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqda faol va faol hamkor bo‘lib qolishda davom etadi, chunki dunyo raqobatbardosh bo‘lib, biz duch kelayotgan muammolar yanada murakkablashadi. Menga AQSH manfaatlari Yaqin Sharqdagi muvaffaqiyatlar bilan qanchalik chambarchas bog‘langani ayon. Biz mintaqani tark etmaymiz va Xitoy, Rossiya yoki Eron tomonidan to‘ldiriladigan bo‘shliq qoldirmaymiz”, deydi Bayden.

Ayni vaqtda Jiddada Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashining sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda AQSH prezidenti, Misr va Iordaniya rahbarlari, shuningdek, Iroq Bosh vaziri qatnashmoqda.  


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

466

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing